O'z vaqtida Madridning «Real» klubida to'p surgan Klod Makelele «qaymoqranglilar»ning markaziy yarim himoyachisi Orelen Tchuameni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Avvalroq matbuotda «qirollik» klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bo'lajak mavsumda frantsiyalik xavbekka ishonch bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sababli «Real» rahbariyati Tchuameni bilan shartnomani uzaytirish va uning maoshini oshirishni maqsad qilgan.

«U boshidan oxirigacha bir maromda o'ynagan yagona barqaror futbolchi bo'ldi. Mourino ahmoq emas, u yaxshi murabbiy. U La Ligada g'olib chiqish uchun kuchli jamoa kerakligini biladi. Tchuameni — men hech qachon jamoadan qo'yib yubormaydigan futbolchilar toifasidandir», — ekspertning so'zlarini keltiradi DAZN.

Yakunlangan mavsumda Frantsiya terma jamoasining 26 yoshli a'zosi Madrid klubi safida 49 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: Stadion.uz