Mak Allister: «JCh–2022'gacha ham Messi eng yaxshi, Ronaldu esa ikkinchi ekani ma'lum edi»

Argentina terma jamoasi va «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterning fikricha, «albiseleste» va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozonishidan ancha oldinoq Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduni futbol jihatidan ortda qoldirgan edi.
– Sizcha, jahon chempionatidagi g'alaba Messi va Ronaldu haqidagi bahsga nuqta qo'ydimi?
– Menimcha, undan oldin ham bu haqda tortishishga hojat yo'q edi. Albatta, balki men biroz adashayotgan bo'lishim mumkin, chunki argentinalikman. Lekin shunga qaramay, Krishtianuga katta hurmatim bor. U dunyodagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi deb o'ylayman. U juda ulkan darajadagi o'yinchi bo'lgan. Ronalduga hurmatsizlik qilgim kelmaydi, lekin men uchun Messi – eng yaxshi. Unga o'xshagan futbolchi hech qachon bo'lmaydi, – deya Mak Allisterning so'zlarini keltiradi TNT Sports.