Maguayr: "Tug'ilganimda ismim Jeykob Harri edi"

Harri Maguayr ismi o'zgarishi haqida gapirdi.
"Onam tug'ilganimda menga Jeykob Harri Maguayr ismini qo'yishga qaror qildi. Uch oydan so'ng odamlar meni Jeyki deb chaqira boshlashdi. Bu unga yoqmadi, shuning uchun u ismlarni o'zgartirdi - Harri Jeykob Maguayr.
Lekin u 18 yoshga to'lmagunimcha pasportimdagi yozuvni o'zgartira olmagan. 18 yoshga to'lishim bilan ismimni rasman o'zgartirdim, shuning uchun endi hujjatlarga ko'ra, men haqiqatan ham Harri Jeykobman", - dedi "MYu" himoyachisi TNT Sports’ga bergan intervyusida.