Xarri Maguayr "Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shouni qo'llab-quvvatladi.

Oldinroq Shouning o'yinini "Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin tanqid qilgandi.

“Agar u yaxshi futbolchi bo'lmaganida, klubimiz safida 250-300 ta o'yin o'tkazmagan bo'lardi.

Lyuk ajoyib o'yinchi va har safar yangi murabbiy kelganida unga "Manchester Yunayted" faxriysi sifatida ko'plab savollar beriladi. Bu klubda shunday bo'ladi", - dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi.