Maguayr "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirsa ham ketishi mumkin

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin.
32 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi, ammo u yana uzaytirilishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, insayder Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, tajribali inglizning tez orada ketishini hatto yangi shartnoma imzolangan taqdirda ham istisno qilib bo'lmaydi.
"Manchester Yunayted" manfaatlariga ko'ra, Maguayr bilan shartnomani uzaytirish maqsadga muvofiq - uni jamoa uchun qimmatli o'yinchi sifatida baholashadi. Ammo yozda unga yaxshi taklif kelsa, klub sotuvga qarshi chiqmaydi deb o'ylayman," - dedi jurnalist.
Xarri Maguayrning Transfermarkt portalidagi narxi - 13 mln evro.