Maguayr: «Kerrikni Sulsher davridanoq tanir edim»

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men Kerrikni hali Ole Gunnar Sulsher qo'l ostida ishlagan paytlaridanoq tanirdim. U kiyinish xonasida juda yaxshi nutq so'zlardi va ko'plab yig'ilishlar o'tkazardi.
Taktik nuqtai nazardan u har doim ajoyib futbol tafakkuriga ega bo'lgan.
Uning Ole davridagi taktik ishlarini ko'rib, agar u muvaffaqiyatli murabbiy bo'lishni istasa, buni albatta uddalay olishi doimo tushunarli edi», - dedi Maguayr.