Madueke "Arsenal" tarixiga o'z ismini yozdirib qo'ydi

"Arsenal" hujumkor yarim himoyachisi Noni Madueke chempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Bryugge"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.
Hozirda 23 yoshli futbolchi hisobida londonliklar safida uchta gol bor va bu gollarning barchasini u EChLda urgan. Opta xabariga ko'ra, Madueke "Arsenal" tarixida Evropa Chempionlar Kubogi/Chempionlar Ligasida klub safidagi ilk uchta golini urgan ilk futbolchiga aylandi.
Madueke "Arsenal"ga 2025 yilning yozida "Chelsi"dan o'tgandi. U "Arsenal" safida 12 ta o'yinda maydonga tushgan.