Londonning "Arsenal" klubi vingeri Noni Madueke Angliya terma jamoasi safida ilk bor gol urdi.

23 yoshli futbolchi Serbiya darvozasini ishg'ol etib, "uch sherlar"ning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.

"Jamoaning o'yinidan, natijadan xursandman. Birinchi golimni ura olganimdan juda xursandman. Ajoyib kun. Ajoyib tuyg'u. Aynan shuning uchun ishlaysan va aynan shu haqda karerangni boshlaganingda orzu qilasan," - dedi "kanonirlar" futbolchisi ITV Sport’ga bergan intervyusida.