Lyuka Zidan: "Afrika Millatlar Kubogida o'ynash men uchun katta sharaf"

Mashhur sobiq futbolchi Zinedin Zidanning o'g'li Lyuka Zidan Afrika Millatlar Kubogidagi o'yini haqida fikr bildirdi.
Darvozabon hozirda Jazoir terma jamoasi safida turnirda o'ynaydi. Ochilish o'yinida kichik Zidan boshchiligidagi jamoa Sudanni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Biz Burkina-Fasoga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Biz yaxshi mashg'ulot o'tkazdik va ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz.
Afrika Millatlar Kubogida o'ynash men uchun katta sharaf", - deya Zidanning so'zlarini keltiradi RMC Sport.