Darvozabon Lyuka Shevale «PSJ» klubini tark etish istagini bildirmagan. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

24 yoshli posbon jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening ishonchini saqlab qolmoqda va Parij klubi ham futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Eslatib o'tamiz, Shevale yakunlangan mavsum davomida rossiyalik golkiper Matvey Safonov bilan raqobatda engilib, zaxiraga mixlanib qolgan edi.

Frantsiyalik darvozabon 23 yanvardan buyon «PSJ» safida maydonga tushgani yo'q. U o'tgan mavsumda Frantsiya Liga 1 musobaqasida jami 17 ta o'yinda ishtirok etgan.

Manba: Stadion.uz