Lunin – «Bavariya»ga qarshi o'yinda paslar soni bo'yicha «Real» etakchisi

Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin Chempionlar ligasi chorak finalidan o'rin olgan «Bavariya»ga qarshi javob bahsida jamoadoshlari orasida eng ko'p uzatma amalga oshirgan futbolchi bo'ldi.
Myunxendagi uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Maydon egalari bahs yakunida ikkita gol urib, qarama-qarshilikda (6:4) g'alabani ilib ketishdi. E'tiborli jihati shundaki, madridliklar safida uzatmalar soni bo'yicha darvozabon etakchiga aylandi — Lunin 33 ta pas bergan. Biroq, ulardan faqat 17 tasi (52% aniqlik) manzilga etib borgan. «Real»ning maydondagi o'yinchilari orasida eng ko'p uzatmani Federiko Valverde amalga oshirdi — 32 ta (25 tasi aniq). «Bavariya»da esa ko'rsatkichlar mutlaqo boshqacha: Yozua Kimmix hammadan ko'p — 118 ta uzatma bergan (102 tasi aniq).
Yarim finalda Myunxen grandi to'p nazoratini xush ko'radigan boshqa bir jamoa — «PSJ» bilan to'qnash keladi.