Lukmanning «Fenerbaxche»ga transferi amalga oshadimi?

«Atalanta» hujumchisi Ademola Lukman «Fenerbaxche»ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Tomonlar bonuslar bilan birga 40 million evro atrofidagi transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Endi to'lov tartibi va bank kafolatlarini kelishib olish talab etiladi. Ayni paytda «Atalanta» «Fenerbaxche» taklif qilgan shartlarni qabul qilmagan.
Shuningdek, Lukman bo'yicha «Atletiko» ham «Atalanta» bilan bog'langani aytiladi.
Joriy mavsumda nigeriyalik futbolchi A Seriyada 12 o'yinda 2 gol urdi.