Lukas Vaskes Zidanning muvaffaqit siri nimada ekanligini aytdi

Uzoq yillar davomida Madridning "Real" klubida to'p tepgan "Bayer" himoyachisi Lukas Vaskes Zinedin Zidan bilan birga ishlaganini esladi.
Frantsuz 2016 yilda "qaymoqranglilar"ni qabul qilgan va ketma-ket uch marta jamoa Chempionlar ligasida zafar quchgan, shundan so'ng lavozimini tark etgandi. 2019 yilda afsonaviy sobiq yarim himoyachi yana qaytdi va 2021 yilgacha o'z lavozimida qoldi - shundan beri uning murabbiylik faoliyati to'xtab turibdi.
"Zidan kiyinish xonasining kumiri edi, biz hammamiz unga qoyil qolardik. Avvaliga hech kim uning bunday muvaffaqiyatga erishishini tasavvur qilmagan edi, lekin u har doim o'ylagan narsasini yuziga aytdi, shu bilan birga har bir kishiga katta e'tibor qaratdi - bu juda qadrli.
Meni eng hayratga solgani uning futbolchilarga bo'lgan ishonchi bo'ldi. Zidan futbolchi bo'lish qanday bo'lishini juda yaxshi biladi va futbolchilarning fikrlarini juda yaxshi tushunadi. U jamoa bilan juda yaqin edi," - deya Vaskesning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Mish-mishlarga ko'ra, JCh-2026dan keyin Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasida Dide Deshamning o'rnini egallaydi.