Lukaku "Napoli" uchun muhim o'yinlar oldidan mashg'ulotlarni boshladi

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku mashg'ulotlarga kirishdi.
Bugun 32 yoshli belgiyalik avgust oyidagi o'rtoqlik o'yinida sonidan olgan jarohatidan so'ng ilk bor yakka tartibda shug'ullandi.
Katta ehtimol bilan Lukaku 14 dekabr kuni - A Seriya doirasida "Udineze"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin, deb yozadi Pazzi di Fanta. Oradan 4 kun o'tib, neapolliklar Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan"ga qarshi bahs olib boradi.