Lukaku faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klub nomi aytildi

Hujumchi Romelu Lukaku katta ehtimol bilan shu yozda «Napoli»ni tark etadi. Jurnalist Matteo Morettoning ma'lumotlariga ko'ra, belgiyalik forvard «Milan»ga o'tishi mumkin.
Yaqin orada «rossoneri»ga 32 yoshli futbolchining xizmatlari taklif qilinishi kutilmoqda.
Romelu Lukaku 2024 yilda «Chelsi»dan «Napoli»ga 30 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi Neapol klubi safida barcha turnirlarda ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Transfermarkt portali Lukakuning qiymatini 12 million evroga baholamoqda.