Lukaku: «Biz haddan tashqari hissiyot bilan o'ynadik»

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Eron bilan qayd etilgan durang (0:0) haqida fikr bildirdi. Jamoalar jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida o'zaro to'qnash kelishdi.
«Albatta, biz xafamiz. Bu o'yinda nima noto'g'ri ketganini tahlil qilishimiz kerak. Bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik.
Biz haddan tashqari hissiyot bilan o'ynadik. Boshqa qo'shimcha qiladigan gapim yo'q. Bizda o'yin rejasi bor edi, lekin biz unga yanada yaxshiroq amal qilishimiz kerak edi. Bunday paytlarda hissiyotlarni ikkinchi planga surishni bilish kerak», — deya Lukakuning so'zlarini keltiradi RTBF.
Guruh bosqichining ikki turidan so'ng Belgiya terma jamoasi hisobida 2 ochko bor va u turnir pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda. 27 iyun kuni jamoa Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar