Luka Modrich jahon chempionatlari tarixida yosh bo'yicha rekord o'rnatdi

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich 40 yoshu 292 kunligida jahon chempionatlari tarixida eng keksa golli uzatma muallifiga aylandi. Bu haqda MisterChip ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Tajribali yarim himoyachi JCh-2026 guruh bosqichining 3-turida Ganaga qarshi uchrashuvda (2:1) golli uzatmasi bilan ajralib turdi.
Shu tariqa, Modrich ushbu mundialda bosniyalik hujumchi Edin Jeko tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladi. Jeko Qatarga qarshi o'yinda 40 yoshu 109 kunligida golli uzatma amalga oshirgan edi.
Jahon chempionatlari tarixidagi eng keksa golli uzatma mualliflari:
-
Luka Modrich — 40 yosh 292 kun (Ganaga qarshi, JCh-2026);
-
Edin Jeko — 40 yosh 109 kun (Qatarga qarshi, JCh-2026);
-
Tyagu Silva — 38 yosh 83 kun (Janubiy Koreyaga qarshi, JCh-2022);
-
Roje Milla — 38 yosh 51 kun (Angliyaga qarshi, JCh-1990);
-
Frits Valter — 37 yosh 236 kun (Shimoliy Irlandiyaga qarshi, JCh-1958).
Jahon chempionati-2026. Final bosqichi. L guruhi, 3-tur
Xorvatiya — Gana — 2:1
Gollar: Suchich, 31 (1:0), Lyukkassen, 73 (1:1), Vlashich, 83 (2:1).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar