Mourinyo 1996–2000 yillarda kataloniyaliklar murabbiyi assistenti sifatida faoliyat yuritgan.

"Mourinyo "Barselona" uchun yaxshi murabbiy bo'lishi mumkin edi. Uning nomzodi Gvardiola tayinlanguniga qadar muhokama qilingan - ehtimol, unda "Barsa"ni boshqarish uchun zarur bo'lgan fazilatlar bor deb hisoblashgani uchundir. Ehtimol, men u bilan o'ynagan davrimda unda tajriba yetishmagandir, ammo vaqt o'tishi bilan, uning keyingi muvaffaqiyatlarini hisobga olsak, u aniq "Barsa"ning yaxshi murabbiyiga aylangan bo'lardi, chunki unda qobiliyat va bilim bor edi. Agar u qaytganida, klub filosofiyasini, jamoani juda yaxshi bilgan bo'lardi", - deydi Figuning so'zlarini Mundo Deportivo nashri.