Luish Figu JCh-2026 favoritlarini aytdi: Ro'yxatda beshta grand jamoa

Afsonaviy portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu bo'lajak jahon chempionatining asosiy favoritlarini sanab o'tdi. Mundial boshlanishiga bor-yo'g'i bir oy vaqt qoldi. 2000 yilgi «Oltin to'p» sohibi kubok uchun beshta asosiy da'vogarni alohida ko'rsatib o'tdi.
«G'alaba uchun ko'pchilik kurashishi mumkin. Futbolchilarning darajasi juda muhim, ammo ozgina omadsiz ham bo'lmaydi. Asosiy favoritlar qatoriga men Braziliya, Argentina, Portugaliya, Ispaniya va Frantsiyani kiritgan bo'lardim. Ularda final bosqichlarida o'ynash bo'yicha etarlicha tajriba bor. Bu terma jamoalar shunchalik kuchliki, turnirga bemalol ikkita tarkibni taqdim eta olishadi», — dedi Figu o'z intervyusida.
Jahon chempionatining amaldagi g'olibi — Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Navbatdagi musobaqaning final uchrashuvi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.