Luis Suares faoliyatida jarohatdan ko'ra, diskvalifikatsiya tufayli ko'proq o'yin o'tkazib yuborganini bilasizmi?

"Inter Mayami" klubi hujumchisi Luis Suares faoliyati davomida jarohatlar tufayli emas, balki diskvalifikatsiya tufayli ko'proq o'yin o'tkazib yubordi, deb xabar beradi Urugvayning El Observador nashri.
MLS ligasi forvardni Liga kubogi final uchrashuvi tugaganidan keyin "Sietl Saunders" xodimiga tupurgani uchun uch o'yinga diskvalifikatsiya qilganidan so'ng, uning diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuborgan o'yinlarining umumiy soni 70 taga etdi. Avval "Barselona"ning sobiq futbolchisi Liga Kubogining oltita o'yinidan chetlashtirilgan edi. Jarohatlari tufayli Suares 62 o'yinni o'tkazib yuborgan.
Urugvaylik futbolchi raqiblarini tishlagani uchun eng uzoq muddatli diskvalifikatsiyani oldi. Hujumchi PSV futbolchisi Otman Bakkal, "Chelsi" himoyachisi Branislav Ivanovich va Italiya terma jamoasi futbolchisi Djordjo Kellinini tishlagan.