Luis Fabiano Vinisiusni tanqid qildi

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Luis Fabiano Vinisius Juniorni tanqid ostiga oldi.
«Menimcha, muammo Vinisiusning o'zida. Unda Dorival, Diniz va Tite davrida ham imkoniyatlar bo'lgan edi. Hozircha u hech narsa ko'rsata olgani yo'q.
U «Real»dagi kabi o'yin namoyish etmayapti», — dedi Fabiano ESPN Brasil telekanali efirida.