Luis Enrikening narxi ma'lum qilindi

Braziliyaning «Flamengo» klubi Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi hujumchisi Luis Enrikeni o'z safiga qo'shib olishga harakat qildi, ammo rad javobini oldi. «Qizil-qoralar» futbolchini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi edi.
RTI Esporte xabariga ko'ra, «ko'k-oq-havoranglilar»ga taklif qilingan shartlar ma'qul kelmagan. Rossiya chempioni Enrikening faqat to'liq transferini 40 million evro evaziga ko'rib chiqishga tayyor. «Flamengo» esa Braziliya terma jamoasi a'zosining transferi uchun ko'pi bilan 20 million evro ajratishga rozi.
Rossiya Premer-ligasining o'tgan mavsumida 25 yoshli hujumchi 28 ta o'yinda maydonga tushdi. Luis o'z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar