Luis Enrike France Football talqini bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"PSJ" bosh murabbiyiga Yoxan Kroyff nomidagi sovrin topshirildi. Bu haqda "Oltin to'p"ni topshirish marosimida ma'lum qilindi.

Ispaniyalik mutaxassis ovoz berishda Xans-Diter Flik ("Barselona"), Entso Maresks ("Chelsi") va Arne Slotni ("Liverpul") ortda qoldirdi.

O'tgan mavsumda Parij klubi Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.