«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike velosipeddan yiqilib suyagini sindirib oldi. Ispaniyalik mutaxassis shifoxonaga olib ketildi. Endi u operatsiya qilinadi. Bu haqda "PSJ" matbuot xizmati o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

«Pari Sen-Jermen» Luis Enrikening sog'ligi uchun to'liq qo'llab-quvvatlashini va unga tezroq shifo tilashini ma'lum qiladi. Klub yaqin vaqt ichida qo'shimcha ma'lumot taqdim etadi», — deyiladi xabarda.

Ispaniyalik murabbiy 2023 yil yozidan beri parijliklarga boshchilik qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u jamoa bilan birgalikda Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

Manba: championat.com