Luis Enrike: «Usmon Dembele — «Oltin to'p» darajasidagi futbolchi»

Frantsiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Usmon Dembelening o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz hali ham Dembelening eng yaxshi versiyasini ko'rmoqdamiz. U ham hujumda, ham himoyada bizning etakchimiz, «Oltin to'p» darajasidagi futbolchi. Joriy mavsumda biz u bilan juda yaxshi ishlamoqdamiz», — deya Enrikening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Joriy mavsumda 28 yoshli forvard barcha turnirlarda 34 ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 16 bor ishg'ol qildi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kommentariyalar