Luis Enrike: "Safonov penaltini qaytarish bo'yicha faoliyatimdagi eng yaxshi darvozabon"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Safonov? Penaltini qaytarish bo'yicha faoliyatimdagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblayman. U futbolchi qaysi tomonga zarba berishini taxmin qilish qobiliyatiga ega", - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Footmercato.
26 yoshli rossiyalik futbolchi Frantsiya chempionatining 20-turida "Strasbur"ga qarshi safar o'yinida (2:1) penaltini qaytardi. U uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Safonov 2024 yilning iyulidan beri "PSJ"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.