Luis Enrike «PSJ» hujumini kuchaytirmoqchi

«Monako» vingeri Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen» qiziqishlari doirasiga tushdi. Parij grandi ustozi Luis Enrike tarkibda keskin o'zgarishlar qilishni istamasa-da, kelayotgan yozda hujum chizig'ini yangi o'yinchilar bilan boyitishni rejalashtirmoqda.
Footmercato xabariga ko'ra, monegasklarning 24 yoshli etakchisi parijliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini ayni damda 50 million evroga baholamoqda. Manbaning ta'kidlashicha, Akliush Enrikening talablariga to'liq javob beradi.
Kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan frantsiyalik futbolchi joriy mavsumda «Monako» safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.