"PSJ"ning asosiy darvozaboni Lyuka Shevale Liga 1 doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yin boshida jiddiy qo'pollikka duch keldi. Ko'pchilikni videoyordamchining aralashmagani hayron qoldirdi - qoidabuzarlik juda qo'pol edi va, ehtimol, qizil kartochka ham berilishi mumkin edi. O'yindan keyin parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike vaziyatga izoh berdi.

"Bugun Shevalening omadi keldi. O'ylaymanki, [hakamlik haqida] boshqa gapirmayman, chunki bu mening ishim emas, lekin bu aql bovar qilmaydi. Shevale hammasi yaxshi bo'lganidan baxtiyor," - dedi Enrike.

Avvalroq, Shevalening o'zi jarohatdan qutulib qolganini ma'lum qilgandi.

"PSJ" safarda "Monako"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.