«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike uning yaqin orada klubni tark etishi bilan bog'liq mish-mishlarga javob berdi.

So'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida mavsum yakunida ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Yunayted» boshqaruviga tayinlanishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqalmoqda.

«Mening kelajagim? Men «PSJ»da baxtliman, men Parijda qolaman», — deya 55 yoshli mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Frantsiya OAVlari.

Luis Enrike ushbu lavozimni 2023 yilning yozida egallagan edi.