Frantsiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan bahsda "PSJ" "Lill" ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabani tantana qildi.

Bu ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike uchun Parij grandi boshqaruvidagi 100-g'alaba bo'ldi.

"100 g'alaba? Bu etarlicha yaxshi natija. Shu zaylda davom etishimiz kerak. Men mingta g'alabani istayman, ammo bunga hali ancha bor," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis parijliklar jamoasini 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda.