Luis Enrike «PSJ» bilan yangi shartnomani kelishib oldi

Luis Enrike yaqin yillar davomida ham «PSJ»ni boshqarishda davom etadi.
L’Equipe nashri ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Parij klubi bilan yangi shartnomani kelishib oldi. Murabbiyning parijliklar bilan yangi bitimi 2030 yilgacha amal qiladi. Yaqin orada bitim tuzilgani haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Luis Enrike 2023 yilda «PSJ» bosh murabbiyiga aylangan edi. Uning qo'l ostida parijliklar 3 martadan Liga 1 va Frantsiya Superkubogini, 2 martadan Chempionlar Ligasi hamda Frantsiya Kubogini, shuningdek, 1 martadan UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritishdi. Enrike o'z faoliyati davomida «Roma», «Selta», «Barselona» va Ispaniya terma jamoalarida ham ishlagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar