Luis Enrike «PSJ» bilan Chempionlar ligasidagi ehtimoliy 47 ta o'yindan 46 tasida ishtirok etdi

2023 yilda Luis Enrikedek murabbiyning kelishi «PSJ»ga qanchalik katta sur'at bag'ishlaganini birgina statistika hammasidan ham yorqinroq ko'rsatib turibdi. Gap shundaki, o'tgan vaqt mobaynida, ya'ni so'nggi uch mavsumda Luis Enrike Chempionlar ligasidagi ehtimoliy 47 ta o'yindan 46 tasida jamoani maydonga boshlab tushdi.
U faqat 2024 yilgi turnir finaliga eta olmagan — o'shanda parijliklar yarim finalda to'xtashga majbur bo'lishgan edi. 2025 yilda esa ular baribir finalga chiqishdi va u erda Milanning «Inter» klubini tor-mor keltirishdi. Hozirda Luis Enrike jamoasi yana finalda o'ynaydi, ammo bu safar Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi.
Eslatib o'tamiz, Evropa futbol klublari o'rtasidagi eng nufuzli turnirning final uchrashuvi 30 may kuni bo'lib o'tadi.