Luis Enrike portugaliyalik yulduzning transferidan voz kechdi

«Milan» hujumchisi Rafael Leau shu yozda klubni tark etishi mumkin. Marko Varinining bergan ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining xizmatlari «PSJ»ga taklif qilingan. Biroq Parij klubi forvard bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan.
Hozirda faqat «Barselona» va Angliya Premer-ligasining bir nechta jamoalari futbolchining transferi bo'yicha taklif berishga tayyor. Rafael Leau 2019 yilda 49 million evro evaziga «Lill»dan «Milan»ga o'tgan edi. Uning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi «Milan» tarkibida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Leauning bozor qiymatini 65 million evroga baholamoqda.