Luis Enrike o'zaro to'qnashuv oldidan «Lans»ni maqtadi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionatidagi raqobat uchun «Lans» jamoasi va ularning ustozi Per Sajni yuqori baholadi.
«Frantsiyaga kelganimdan beri ular bizga boshqa har qanday jamoadan ko'ra ko'proq tashvish tug'dirishdi. Per Sajni ushbu mavsumda Liga 1ning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo'lga kiritgani bilan tabriklamoqchiman, chunki u bunga loyiq edi. U aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi. Menimcha, hozirda «PSJ» va «Lans» Frantsiyaning eng kuchli ikki jamoasi hisoblanadi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, «Lans» va «PSJ» jamoalari chorshanba, 13 may kuni Liga 1ning 29-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda o'zaro to'qnash kelishadi.