"PSJ" Frantsiya chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Renn"ga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. PSJ Community xabariga ko'ra, parijliklar ustozi Luis Enrike yangi sxemalarni ishlab chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis mashg'ulotlar vaqtida ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy pozitsiyasini o'zgartirgan. Enrike futbolchini himoya markazidan Ashraf Hakimiy o'ynayotgan o'ng qanotga o'tkazdi.

Marokashlik jarohat sabab bo'lajak uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Uning o'rnida ukrainalik futbolchi o'ynashi mumkin.

"PSJ" - "Renn" uchrashuvi bugun, 6 dekabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.