"PSJ" ustozi Luis Enrike FIFA talqini bo'yicha 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.

Parijliklar bosh murabbiyi yakuniy ovoz berishda Xans-Diter Flik ("Barselona") va Arne Slotni ("Liverpul") ortda qoldirib, The Best mukofotini qo'lga kiritdi.

"Pari Sen-Jermen" Enrike qo'l ostida tarixda ilk bor 2025 yilda Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Jamoa, shuningdek, Frantsiya chempionati, kubogi va superkubogi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.