Luis Enrike: "Bu Ispaniyaning eng yaxshi stadionlaridan biri"

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
"Bu Ispaniyaning eng yaxshi stadionlaridan biri. Bu erda juda katta bosim bo'lishini bilamiz. Kecha futbolchilarim bilan bu haqda gaplashish imkoniyatiga ega bo'ldim. Bunday o'yinlarda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish yoqimli. Bu ular uchun ham, biz uchun ham juda muhim uchrashuv," - deya Enrikening so'zlarini keltiradi frantsuz klubi rasmiy sayti.