Luis Enrike: «Biz birinchi o'yin natijasini himoya qilmoqchi emasmiz»

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi bo'lajak o'yin borasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz birinchi o'yindagi natijani himoya qilish niyatida emasmiz, chunki bizning maqsadimiz — ushbu uchrashuvda g'alaba qozonish. Bugun barcha muxlislar kuylashadi, futbolchilar esa maydonda o'ynashadi», — deya Enrikening so'zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, yarim finalning ilk bahsida «PSJ» o'z uyida «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag'lub etgan edi. Javob uchrashuvi bugun tunda Myunxenda bo'lib o'tadi.