«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike ta'til vaqtida o'z qo'l ostida «Barselona»ning ikkinchi jamoasida to'p surgan futbolchilar bilan uchrashdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis 2008 yildan 2011 yilgacha kataloniyaliklar ikkinchi jamoasini boshqargan va ushbu jamoa bilan birgalikda Segundaga (Ispaniya ikkinchi divizioni) yo'llanma olgan edi.

«Ko'k-anorranglilar» ikkinchi jamoasining o'sha paytdagi tarkibidan ko'plab futbolchilar ushbu uchrashuvda ishtirok etishdi. Ular orasida darvozabon Ruben Mino, himoyachilar Mark Bartra, Andreu Fontas, Mark Muniesa, Armando Losano, Karles Planas, Edu Oriol va Abraxam Minero, yarim himoyachilar Oriol Romeu, Ilie Sanches va Xose Rueda, shuningdek, hujumchilar Karlos Karmona, Xonatan Soriano va Benxamin Martines bor edi.