Luis Enrike «Barsa» yosh iqtidorining transferida asosiy rolni o'ynadi
"Barselona"ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dro Fernandes faoliyatini Frantsiyaning "PSJ" klubida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "PSJ" Fernandes transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchining o'zi ham parijliklar safiga borib, Luis Enrike qo'l ostida ishlamoqchi. Bitim summasi olti million evroni tashkil etadi.
"Barselona"ning asosiy jamoasida Dro Fernandes bor-yo'g'i beshta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik yarim himoyachining bozor narxi o'n million evroni tashkil etadi.