Luis Diasdan dahshatli statistika: Kolumbiyalik vinger «Bavariya»dagi 35-o'yinida 35-samarali harakatini amalga oshirdi

Luis Dias «Bavariya» safidagi 35 ta o'yinda 35 ta samarali harakatni amalga oshirdi.
Vinger bugun «Borussiya Menxengladbax»ga qarshi kechgan bahsda ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi, ham Konrad Laymerga golli uzatmani etkazib berdi.
Kolumbiyalik futbolchi myunxenliklar tarkibida o'zining ilk mavsumini o'tkazmoqda. Hozirga qadar uning hisobida 20 ta gol va 15 ta golli uzatma mavjud.