Luis Dias Xames haqida qanday fikrda ekanini aytdi

Myunxenning "Bavariya" klubi va Kolumbiya terma jamoasining yulduz vingeri Luis Dias "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Xames Rodrigesning terma jamoa uchun muhimligini ta'kidladi.
"Xames bizning sardorimiz va etakchimiz. Terma jamoada u o'zining eng yaxshi versiyasi sifatida namoyon bo'lmoqda. U terma jamoa uchun bor kuchini sarflamoqda. Unga Kolumbiya terma jamoasida uzoq yillar qolishini tilab qolaman. Xames biz uchun juda muhim," - deya Luisning so'zlarini keltiradi Guardian.
Xames 2025 yilda Meksikaning "Leon" jamoasida o'ynagan. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati joriy oy oxirida tugaydi. Futbolchining bozor narxi 2,5 million evroni tashkil etadi.