"Bavariya" safida o'ynayotgan "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Luis Dias o'zining sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

"Saloh "Liverpul"da meni birinchilardan bo'lib kutib oldi va buni ajoyib tarzda amalga oshirdi. U doimo eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi inson bo'lishga intilardi. U menga juda katta ta'sir ko'rsatgan," - deya Diasning so'zlarini BBC Sport keltiradi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Saloh o'zining shov-shuvli intervyusida klub va murabbiyni etarli o'yin amaliyoti bermagani uchun tanqid qilgani sababli "Liverpul" tarkibidan chetlashtirilgandi.