«Bavariya» vingeri Luis Dias «Shtutgart»ga qarshi kechgan o'yinning birinchi bo'limida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahsda myunxenliklar 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Dias Nikolas Jeksonga golli pas bergan bo'lsa, 37-daqiqada kolumbiyalik futbolchi Alfonso Devisning goliga assistentlik qildi.

Bundesliganing joriy mavsumida Dias hisobida 28 ta o'yinda 15 ta gol va 13 ta natijali uzatma mavjud.