Luis de la Fuente: «Superkompyuterdan ko'ra odamlarning fikriga ko'proq ishonaman»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jahon chempionati favoritlarini aniqlashda sun'iy intellekt modellaridan ko'ra odamlarga ko'proq ishonishini ma'lum qildi.
Avvalroq Opta superkompyuteri Ispaniya terma jamoasini JCh-2026 favoriti deb atagan va uning chempionlik imkoniyatlarini 16,1% ga baholagan edi.
«Sun'iy intellekt — kelajak, buni fantastik deb hisoblayman, ammo men odamlarga ko'proq ishonaman. Men professionallar yoki OAV nima deyayotganini ko'proq qadrlayman.
Menimcha, bu jahon chempionati tarixiy ahamiyatga ega, chunki ko'plab jamoalarda [g'alaba qozonish uchun] imkoniyat bor — Frantsiya, Angliya, Argentina, Braziliya, Marokash, Ispaniya, Portugaliya, Senegal... Bu juda og'ir jahon chempionati bo'ladi va biz titul uchun kurasha olishimizni his qilyapmiz», — dedi de la Fuente.