Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkinligi borasidagi xabarlarga o'z fikrini bildirdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

«Real» Mourinoni qaytarib to'g'ri qilyaptimi yoki yo'q, buni ayta olmayman. Ammo u — kuchli mutaxassis», — deya iqtibos keltiradi nashr Ispaniya terma jamoasi ustozining so'zlaridan.

Avvalroq, «The Special One» laqabi bilan mashhur murabbiy 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng Madrid grandini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirda Mourino Portugaliyaning «Benfika» klubida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha «qaymoqranglilar»ni boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya La Ligasi, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.