Luis de la Fuente: «Kayfiyatimizni buzmoqchi bo'lganlar uyida qolsin!»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Espanol» muxlislari darvozabon Joan Garsiyani hushtaklar bilan kutib olishlari mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Muxlislar milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlash uchun kelishlari kerak. Bu erda biz qaysidir klub sharafini emas, balki terma jamoa sharafini himoya qilyapmiz. Agar kimdir kayfiyatimizni buzish uchun kelmoqchi bo'lsa, yaxshisi uyida qolgani ma'qul», — dedi de la Fuente.
«Barselona»ning 24 yoshli posboni Joan Garsiya o'tgan yozda «Espanol»dan «ko'k-anorranglilar» lageriga ko'chib o'tgan edi. U hozirgacha Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilgani yo'q.
Seshanba kuni, 31 mart kuni Ispaniya terma jamoasi Misrga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da start oladi.