Luis de la Fuente final oldidan: «Men futboldan emas, vertolyotdan asabiylashyapman»

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan asabiylashayotgani haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, men asabiylashyapman, chunki meni vertolyotda mehmonxonaga qaytarishadi. Biz bu erga vertolyotda keldik va vertolyotda uchib ketamiz. Bu meni juda asabiylashtirmoqda», — deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi The Touchline.
Ma'lumki, jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasiga Argentina raqiblik qiladi. «Albiseleste» ayni damda jahon kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar