Lui van Gal: "Maktominay, gap yo'q, meni gaplarim noto'g'riligi isbotlading"

"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal "qizil iblislar"dagi bosim haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men ten Xagga faqat ayrim buyuk insonlar «Yunayted»dan sog' chiqishini aytgandim. Uni kamsityapman deb o'yladi.
Media, bosim... insonlarni tiriklayin eydi u erda. U erdan chiqib «Oltin to'p»ga nomzod bo'lish... Bu xuddi Alkatrasdan qochishdek gap. Skot Maktominay, gap yo'q, meni gaplarim noto'g'riligini isbotlading», - dedi niderlandiyalik mutaxassis.