Lotar Matteus Jahon chempionatida Mbappedan ko'ra ko'proq porlashi mumkin bo'lgan futbolchini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq afsonaviy futbolchisi Lotar Matteus Frantsiya milliy terma jamoasi va «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olisening JCh-2026’dagi imkoniyatlari va istiqbollari haqida yuqori fikrlar bildirdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
«Mbappe — gol urish borasida haqiqiy «mashina». Biroq, menga nazarimda, Olise ushbu mundialda Kilianni soyada qoldirib ketishi mumkin. Maykl nafaqat gol urishni biladi, balki maydonda haqiqiy sehr ko'rsata oladi. Agar u Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilib, «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritsa, bundan aslo hayratlanmayman», — deya Matteusning so'zlarini keltirmoqda matbuot.
Ma'lumot uchun, ayni damda 24 yoshli Maykl Olisening transfer qiymati nufuzli portallar tomonidan 150 million evroga baholanmoqda va u dunyoning eng qimmatbaho futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati—2026 guruh bosqichida Dide Desham boshchiligidagi Frantsiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.